Verratti PSJ safida 400 ta bahsda maydonga tushgan ikkinchi futbolchiga aylandi
Sport
−
02 yanvar 2023
1765“Pari Sen-Jermen” yarim himoyachisi Marko Verratti poytaxt jamoasi tarixida 400 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda PSJ rasmiy sayti xabar berdi.
Italiyalik uchun yubiley o‘yin Liga 1 doirasida “Lans” bilan bahsga to‘g‘ri keldi.
Parijliklar safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi Jan-Mark Pilorj (435) hisoblanadi.
Verratti 2012 yilda “Peskara”dan PSJga o‘tgan edi. Parijdagi o‘n mavsum davomida u 400 ta o‘yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 48 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Marko yaqinda Parij klubi bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi.
Parijliklar “Lans” bilan o‘yindagi mag‘lubiyatga qaramay, 17 o‘yinda 44 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 1-o‘rinda qolmoqda.
LiveBarchasi