Vengriya Yevropa Ittifoqini Ukrainadagi mojaroda “yutqazgan tomon” deb atadi

Olam

image

Ukrainadagi mojaroda kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar Yevropa Ittifoqini allaqachon mag‘lubiyatga uchragan tomon, deb hisoblash mumkin. Bu haqda Vengriya Parlamenti spikeri Laslo Kyover Pilishchaba milliy birlik qo‘ng‘irog‘ining ochilishida aytgan.

“Bugungi kunda Ukrainada urush boshlanishini siyosiy jihatdan oldini olishga qodir bo‘lmagan, diplomatiya yo‘li bilan tinchlikni tiklay olmaydigan va tashqi bosim ostida o‘zining eng asosiy iqtisodiy manfaatlariga zid harakat qilayotgan Yevropa Ittifoqi, qaysi tarafda bo‘lishidan qat’i nazar, allaqachon mag‘lubiyatga uchragan tomon hisoblanadi”, deydi Kyover.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida moliyaviy qarzlarning soni va hajmi oshayotganini, jamiyat esa borgan sari tarqoqlashib borayotganini ta’kidlagan.

"Yevropalik bo‘lmagan manfaatlar guruhlari va xususiy kuchlar butun Yevropa Ittifoqini harbiy zaiflik, siyosiy bo‘ysunish, iqtisodiy va energiya qobiliyatsizligi, moliyaviy qarzdorlik, talonchilik va ijtimoiy parchalanishga mahkum etadi", deydi Vengriya Parlamenti spikeri.

Ma’lumot o‘rnida, Vengriya Yevropa Ittifoqi davlatlarining ruslarga turistik vizalar berilishini taqiqlash g‘oyasiga qarshi chiqqan edi. Bundan tashqari, YeIning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish rejalari fonida mamlakat Rossiyadan gaz yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma imzolagan. Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning tushuntirishicha, xarid siyosiy signal bilan emas, balki mintaqa ehtiyojlari bilan bog‘liq.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing