Vengriya Ukrainaga 187 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratadi
Olam
−
24 noyabr 2022
2282Vengriya 2023 yilda o‘z byudjetidan Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun 187 million yevro mablag‘ ajratadi. Bu haqda hukumat Vazirlar Mahkamasining rasmiy nashrda chop etilgan buyrug‘iga tayanib, TASS nashri xabar berdi.
Hujjatni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban imzolagan. Unda qayd etilishicha, mablag‘lar “Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishga” yo‘naltirilgan.
“Tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriga Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur kelishuvni ishlab chiqish uchun Vengriya nomidan muzokaralarni boshlash taklif etiladi”, deyiladi hujjatda.
Unda tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri kim bilan bunday muzokaralar olib borishi kerakligi aytilmagan.
Avvalroq, bosh vazir Viktor Orban Vengriya Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish majburiyatini olgani, biroq buni Yevropa Ittifoqi qo‘shma kreditini taqdim etish orqali emas, balki ikki tomonlama asosda amalga oshirish niyatida ekanini aytgan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi