Vengriya tarixida ilk marta ayol Prezident bo‘ldi
Olam
−
10 mart 2022
7648Vengriya parlamenti Oila, yoshlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi Prezidenti etib sayladi va u mamlakatning eng yuqori lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 10 mart kuni Vengriya Milliy assambleyasi Bosh vazir Viktor Orban Fides boshchiligidagi hukmron partiya raisi o‘rinbosari, Oila, yoshlar va xalqaro aloqalar vaziri Katalin Novakni mamlakatning yangi Prezidenti etib saylagan. Buning uchun 199 deputatdan 137 nafari ovoz bergan.
44 yoshli Novakning saylovdagi raqibi muxolifat koalitsiyasidan 80 yoshli nomzod, iqtisodchi Piter Rona bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, siyosatcchi 1977 yil 6 sentyabrda tug‘ilgan. U 1996 yilda Seged shahridagi Endre Shagvari o‘rta maktabida o‘rta ta’limni tugatgandan so‘ng, Korvinus universitetida iqtisod va Seged universitetida huquq bo‘yicha tahsil olgan.
Shuningdek, u Parijning Nanter universitetida ham o‘qigan. Novak venger tilidan tashqari fransuz, ingliz va nemis tillarida so‘zlasha oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yildan beri mamlakatning amaldagi Prezidenti bo‘lgan Kleman Ader joriy yilning 10 may kuni o‘z faoliyatini yakunlaydi.
LiveBarchasi