Vengriya Rossiyaning tarafini olib, YeIga “ogohlantirish” bilan chiqdi
Olam
−
22 Oktabr 2022
22691Vengriya hukumati Yevropa Ittifoqiga Rossiya gazini yetkazib berishga ta’sir ko‘rsatadigan yangi sanksiyalarni kiritishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda bugun, 22 oktyabrda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Vengriya Bosh vaziri devoni rahbari Gergeli Guiyash ma’lum qildi.
“Biz YeIning Rossiya gaz ta’minotiga ta’sir ko‘rsatadigan har qanday sanksiyalarini taqiqlashda davom etamiz”, deydi u.
Uning ta’kidlashicha, "Gazprom" bilan tuzilgan shartnomalar Vengriyaning Ukrainadagi mojarolarga nisbatan pozitsiyasi bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Bundan tashqari, Budapesht hali ham Moskvaning harakatlarini qoralaydi. Shuningdek, ushbu sanksiyalar faqat Yevropa mamlakatlarigagina zarar yetkazadi.
21 oktyabr kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mamlakat Yevropa komissiyasining Rossiya gaziga chegara o‘rnatish taklifini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.
“Agar Rossiya tomonidan gaz narxlari chegarasi joriy etilsa, bu Moskva bilan shartnomalarning bekor qilinishiga olib keladi. Bu esa Vengriya energiya ta’minotisiz qolish xavfini tug‘diradi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq, u Yevropa Ittifoqi rahbarlaridan Rossiyaga qarshi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan edi. Uning fikricha, har qanday noto‘g‘ri harakat Yevropa aholisiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Temur Jumayev
LiveBarchasi