Venesuela Prezidenti Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Olam
−
25 fevral 2021 5460 1 daqiqa
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Yevropa Ittifoqigan sanksiyalar siyosati davom etadigan bo‘lsa, har qanday muloqotdan voz kechish bilan tahdid qildi, Bu haqda “Venezolana de Televisión” xabar bermoqda.
“Venesuela o‘zining qadr-qimmatiga ega va u qayerdan bo‘lishidan qat’iy nazar hujumlarga qanday javob berishni biladi”, deydi Venesuela rahbari.
U Karakasning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari yaxshi bo‘lishini istashini ta’kidladi, ammo u venesuelaliklarga qarshi “kimdir hujum qilish, haqorat qilish, sanksiyalarni kiritish kerak” degan fikrga qo‘shilmaydi.
Ma’lumot uchun, 22 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Venesuela rasmiylariga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi. Ular 19 nafar mansabdorni, shu jumladan Milliy saylov kengashi Prezidenti Indira Alfonso, kengash vitse-prezidenti Leonardo Morales, qurolli kuchlar strategik operatsiyalar qo‘mondonligi rahbari, admiral Remigio Ceballos Ichaso va boshqa a’zolariga sanksiyalar bilan “zarba berdi”.
Bunga javoban, Venesuela hukumati 24 fevral kuni Evropa Ittifoqining elchisi Isabel Brilante Pedrosoni “persona non grata”, deb e’lon qildi va unga mamlakatdan chiqib ketish uchun 72 soat muhlat berdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025