Xitoy milliy terma jamoasi xorijlik o‘yinchilarni chorlayapti

Sport

image

"Guanjou Evergrand"ning braziliyalik forvardi Elkeson Xitoy terma jamoasida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga qadar yana 8 o‘yinchi Xitoy terma jamoasiga jalb qilinishi kutilmoqda. 

Hozirda "Guanjou Evergrand"da o‘ynayotgan britaniyalik himoyachi Tayas Brauning ham milliy terma jamoaga chaqirilishi ko‘zda tutilgan.

Xitoy futbol federatsiyasi prezidenti Chen Syuyuan jamoa Qatardagi musobaqagacha kuchaytirilishini, ammo kelajakda Xitoy chet ellik o‘yinchilarga tayanib qolmasligini aytib o‘tdi.

Xitoy futbolining jahon arenalaridagi eng katta yutug‘i 2002 yildagi jahon chempionatida qatnashganidir. O‘shanda xitoyliklar guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing