Vaziyat jiddiylashmoqda: O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha 2021 yilgi rekord yangilandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 25 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar 500 nafardan, davolanayotgan bemorlar 3500 nafardan oshdi, ikki nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 25 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 546 kishiga ortib, 108 730 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 13 nafari Andijon viloyatida;
  • 20 nafari Buxoro viloyatida;
  • 21 nafari Jizzax viloyatida;
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 6 nafari Navoiy viloyatida;
  • 8 nafari Namangan viloyatida;
  • 90 nafari Samarqand viloyatida;
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 30 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 32 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 35 nafari Xorazm viloyatida;
  • 94 nafari Toshkent viloyatida;
  • 164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13 nafar;
  • Buxoro viloyatida 30 nafar;
  • Jizzax viloyatida 15 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 9 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Samarqand viloyatida 45 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 16 nafar;
  • Xorazm viloyatida 9 nafar;
  • Toshkent viloyatida 41 nafar;
  • Toshkent shahrida 274 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 104461 (+454) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 727 nafarni tashkil qildi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3542 nafar bemor davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyunidan O‘zbekistonda karantin cheklovlari yanada kuchaytiriladi. Shuningdek, 28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

738

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing