Vaziyat jiddiy: Rossiyada NATO bilan mojaro ehtimoli ortib borayotgani aytildi

Olam

image

Rossiya va NATO o‘rtasidagi mojaro ehtimoli alyansga a’zo davlatlarning yangidan-yangi bayonotlari fonida ortmoqda. Bu haqda Rossiya parlamenti yuqori palatasi senatori Sergey Sekov Lenta.ru nashriga bergan intervyusida so‘z ochgan. 

Senator Sergey Sekovni fikricha, Rossiya bu davlatlarning barcha bayonotlari va xarakatlariga jiddiy e’tibor qaratishi kerak.

“NATO davlatlarining bayonotlariga qaraganda, vaziyat haqiqatan ham keskinlashmoqda. Alyansning harakatlari, bayonotlari, Ukrainaning qo‘shimcha qurollanishi, havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish rejalari Yevropa va butun dunyoda mojarolarni keskinlashtirmaslikga yordam bermasligi aniq”, deydi senator Sergey Sekov.

Shuningdek, siyosatchining fikricha, NATO Rossiya bilan ochiq qarama-qarshilikka kirishishi nazariy jihatdan mumkin bo‘lsa-da, amalda bu dargumon: alyans o‘zining har qanday xatti-harakatlariga Rossiya ta’rafidan o‘ta keskin javob berilishini tushunadi. 

“NATO Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuzkor harbiy harakatlar boshlamaydi. Alyans manfaatlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘layotgan Ukraina fuqarolari qo‘li bilan Rossiyani zaiflashtirishni afzal ko‘radi”, deydi Sekov

Yoqubov Abdulvohid


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing