Vazirning “zam”i poytaxt hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

G‘ofir Jamolov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

U hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

G‘ofir Jamolov 1974 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, mutaxassisligi iqtisodchi-menejer. 

1997 yilda Namangan sanoat texnologiya institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 

Bugunga qadar qator mas’ul vazifalarda ishlab kelgan.

Avvalroq, Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

G'ofir Jamolov

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar