Vazirning so‘zini vazni bor — Toshqulov

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 22 may kuni Toshkent besh tashabbus harakatining ikkinchi kuni doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Toshqulov yoshlar bilan muloqoti davomida Xalq ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasidagi farqli jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

“Xalq ta’limi vazirligidan bizning farqimiz bor. Xalq ta’limi vazirligida maktablar to‘liq davlat byudjetidan moliyalashtiriladi va hamma darslik butunlay bir xil, talab ham, forma ham. Ammo OTMlarning o‘ziga yarasha mustaqilligi bor. 

Men 5 kunlik o‘qishni tashkil etgan paytim, bu narsa birorta “region”da qilinmagan edi. Formaga erkinlikni berganimizda bu narsa hali biror joyda amalga oshirilmagan edi”, deydi vazir Toshqulov.

Abduqodir Toshqulov so‘zida davom etar ekan, vazir har bir gapini o‘ylab gapirishi kerakligini, chunki u butun oliy ta’lim tizimi haqida fikr bildirishini ta’kidladi.

“Vazir bu hukumat a’zosi. Vazirning so‘zini vazni bor. Ya’ni u ertaga davlatning oliy ta’lim borasidagi siyosatini ko‘rsatib qo‘yadi. Shuning uchun u o‘ylab  gapirishi kerak. 

Men aminmanki, hozir gapirayotgan gaplarimdan ham kesib, kesib olinib qanaqangi roliklar qilinadi. Lekin men bundan qo‘rqmayman. Gapirgan gapimga javob beraman. Hukumat a’zosining ishi shu tizimdagi oliy ta’lim siyosatini belgilash ekan, men yetti marta o‘lchab gapirishga majburman. Chunki bu yerda butun tizim haqida gap ketyapti”, deydi vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing