Vazirlikning ko‘zi endi ochildi. “Kundalik” platformasidan voz kechilyapti
Jamiyat
−
26 avgust 2023
27868Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Kundalik” platformasi o‘z faoliyatini “e.maktab” sifatida davom ettiradi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Kundalik” platformasida ayrim kamchiliklar borligi, noto‘g‘ri talqinlarni bartaraf etish uchun “e.maktab” platformasiga o‘tishga qaror qilingan.
“e.maktab” platformasi elektron kundalikni va elektron jurnalni, shuningdek, o‘qituvchilar uchun “kundalik smart” tizimini ham o‘z ichiga olgan.
Bunda o‘qituvchi uyga vazifa berayotganida raqamli ta’lim resurslaridan foydalangan holda bolalarni ta’limga jalb qilish uchun ko‘pgina imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi aytilmoqda. Misol uchun, o‘qituvchi o‘quvchiga uyga vazifani o‘yin yoki multfilm shaklida bera oladi.
“e.maktab” platformasiga o‘tish o‘qituvchini ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod etadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, oldingi holatda baholarni o‘zgartirish, o‘quvchi kundalikni yo‘qotib qo‘yish kabi muammolar ko‘p uchragani va endi “e.maktab” platformasida bu muammolar bo‘lmasligi keltirilgan.
Yangi baholash tartibi o‘quvchilarning umumta’lim fanlarini o‘zlashtirishini yagona standartlar asosida baholash tartibini belgilaydi. O‘quvchilarning biror bir fanni o‘zlashtirishi formativ va summativ baholash turlari asosida baholab boriladi.
LiveBarchasi