Vazirlik va hokimliklar binosini qurish, ta’mirlash vaqtincha taqiqlandi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda vazirlik, idoralar hamda hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ikki yilga taqiqlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. 
 
Qarorga ko‘ra, 2022 yildan:
 
● ikki yil muddatga vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni (Prezident qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi;
 
● kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonlarida keyingi yillarga o‘tadigan loyihalar (ob’ektlar) soni bosqichma-bosqich qisqartiriladi va ularni tegishli moliyaviy yilda foydalanishga topshirish nazarda tutiladi. 
 
● 2022 yilda yakunlanadigan ta’lim muassasalari ob’ektlari – 15 avgustgacha, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar ob’ektlari – 1 oktyabrgacha, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari ob’ektlari – 1 dekabrgacha foydalanishga topshiriladi.
 
Avvalroq, O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun 76 trln 881 mlrd ajratilishi haqida xabar bergan edik.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made