Vazirlik Farg‘onadagi IIBdan o‘ligi chiqqan yigit bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo‘limiga suhbat uchun olib kirib ketilgan 20 yoshli yigitning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 aprel kuni Farg‘ona viloyati Quva tumani Qalinpo‘stin mahallasi bo‘ylab piyoda ketayotgan, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. birdan sog‘ligi yomonlashgani tufayli shifoxonaga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro A.A. shu kuni vafot etgan.
  
Birlamchi tashxisga ko‘ra, fuqaro A.A. ning o‘limiga o‘tkir yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning ishemik kasalligi, ikki tomonlama buyraklar polikistozi sabab bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 31 mart kuni Quva tumani IIB profilaktika inspektorlari xozirda marhum fuqaro A.A. bilan otasi X.Yo. ishtirokida karantin qoidalarini buzgani profilaktik suhbat o‘tkazib, rasmiy ogohlantirgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat ayni vaqtda IIB binosida fuqaroga jarohat yetkazilgani sifatida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Yolg‘on ma’lumotni tarqatgan ijtimoiy tarmoq faolining harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Ichki ishlar vazirligi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2649

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing