Vazirlik: “2020/2021 o‘quv yilida bitiruvchilarni imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi – yolg‘on!”
Jamiyat
−
10 aprel 2020
4544Kecha, 9 aprel kuni AOKA shtabida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha turli savollarga javob berildi.
Xususan ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida to‘xtalar ekan, Farhod Babashev shunday dedi:
“Bu kabi xabarlar haqiqatga zid. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bunday xabar tarqatilmagan. Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qiladi va abituriyentlarni yozgi imtihon hamda sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi!”, dedi u.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondagi 47 ta tibbiyot kollejini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etish belgilangan. Mazkur texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
LiveBarchasi