Vazirlar Mahkamasining ayrim xodimlari ishdan olindi
Jamiyat
−
28 fevral 2023
16994Kecha, 27 fevral kuni Hukumatning tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim xodimlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 82-sonli qarori bilan:
Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan;
Ikrom Axmatovich Sariboyev Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining Madaniy meros ob’ektlarini saqlash va asrashga doir ishlarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan;
Ermat Azimovich Ashirboyev Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shu’basining bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.
LiveBarchasi