Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nusratbek Davronqulovich To‘ychiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davron Narimovich Qalandarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Mansurbek Bazorboyevich Jumaniyozov Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Izzat Rahmatullayevich Tangriyev Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Bosh vazir o‘rinbosarining yordamchisi lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jamshid Abdusalomovich Abdusalomov Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nodir Muxtorovich Do‘smatov Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamovaning kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Oila va xotin qizlar masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Dilshod Ibragimovich Xolmurodov Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing