Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
29 aprel 2022
14026Bugun, 29 aprel kuni Hukumatning tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimlarga tayinlandi.
Unga ko‘ra, Sarvar G‘aniyevich Ashurov Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasi Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Nodir Muxtorovich Dusmatov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi mudiri lavozimidan ozod qilindi.
LiveBarchasi