Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
11 mart 2022 13685 1 daqiqa
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalari yangidan tasdiqlangani munosabati bilan hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi.
Unga ko‘ra, Sherzod Karimov Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari - Ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri sifatida ish boshladi.
Doniyor Ermatov esa Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri bo‘ldi.
Shahobiddin Musayev Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust