Vazir o‘rinbosari Prezident huzuridagi agentlik direktori bo‘ldi

Jamiyat

image
Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi north_east

Prezident huzurida Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori lavozimiga Shuhrat Abdusharifovich Vafoyev tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.

Shu munosabat bilan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuhrat Vafoyev 1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Moskva muhandislik qurilish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Jonc Xopkins universitetini tomomlagan.

U 1996-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank tuzilmalarida turli lavozimlarda ishlagan. 2002-2007 yillarda Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi Ijrochi direktori maslahatchisi bo‘lgan.

2010-2012 yillarda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, 2017 yilgacha ayni shu jamg‘armaning Ijrochi direksiyasi ijrochi ijrochi direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

2019 yildan hozirgi vaqtgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgandi.

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 avgustdagi farmoniga muvofiq "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing