Vazir o‘rinbosari Antimonopoliya qo‘mitasiga rais bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Shohruh Shoturg‘unovich Shorahmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Shohruh Shorahmetov 1977 yilda  tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisod, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

O‘z faoliyatini Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan Shohruh Shorahmetov turli yillarda Iqtisodiyot vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kabi nufuzli tashkilotlarda mas’ul lavozimlarda mehnat qildi. Shohruh Shorahmetov Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlanishidan avval Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing