Vatan faqat g‘olib bo‘lganda sevilmaydi - Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jozef Bayden sobiq davlat rahbari Donald Trampni mamlakatda hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishga uringanlikda aybladi. Bu haqda u Kapitoliyga bostirib kirilganining bir yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida gapirgan.

“Tarixda birinchi marta Prezident saylovda shunchaki mag‘lub bo‘lmadi, u zo‘ravon to‘da Kapitoliyga hujum qilganda hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga urindi. Lekin ular g‘alaba qozona olmadi”, degan Bayden Kongressga. 

U o‘zidan oldingi Prezidentning ismini aytmagan, lekin “AQSHning sobiq Prezidenti 2020 yilgi saylovlar atrofida ko‘plab yolg‘onlarni yaratganini” ta’kidlagan. 

“Demak, uning kasal nafsi u uchun bizning demokratiyamizdan ko‘ra ustunroq. Bir yil muqaddam bu muqaddas dargohda demokratiyaga hujum qilindi. Xalqning irodasiga hujum qilindi. Konstitutsiyamiz eng katta xavfga duch kelmoqda.
Ayni damda biz qanday davlat bo‘lishimizni hal qilishimiz kerak. Biz siyosiy zo‘ravonlikni odatiy hol deb biladigan davlat bo‘lamizmi? Saylovga mas’ul bo‘lgan partiya mulozimlariga xalqning qonuniy ifodalangan irodasini ag‘darishiga imkon beradigan davlat bo‘lamizmi? Haqiqat nurida emas, yolg‘on soyasida yashaydigan yurt bo‘lamizmi? Biz bunday davlat bo‘la olmaymiz. Vatan faqat g‘olib bo‘lganda sevilmaydi. Qonunga esa, u qulay bo‘lgan taqdirda amal qilinmaydi. Vatanni quchib, yolg‘on so‘zlash bu vatanparvarlik emas”, degan Bayden. 

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirib, sobiq davlat rahbari demokrat Jo Baydenga yutqazgan prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlashni kechiktirdi. O‘shanda bir necha kishi halok bo‘ldi. Ushbu voqealardan so‘ng Vashingtonda misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralari ko‘rildi: AQSH Milliy gvardiyasining kamida 25 ming jangchisi Baydenning inauguratsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish paytida va inauguratsiya kuni poytaxtni himoya qilishda ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing