Vasiylariga nafaqa to‘lanadigan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasalliklari ro‘yxati tasdiqlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2022
6480Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Farmon bilan 2022 yil 1 apreldan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi, 2022 yil 1 oktyabrdan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga elektron taqdim etib borilishi belgilandi.
Bundan tashqari, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi.
Shuningdek, hujjat bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati tasdiqlandi.
LiveBarchasi