“Vashington obro‘sini yo‘qotdi”. OAV Saudiyada Moskvaning “avtoriteti” o‘sgani haqida yozmoqda

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Oq uy rahbari Jo Baydenni Ar-Riyodda qabul qilishdagi farq Saudiyada Moskva ta’siri kuchayganidan dalolat beradi. Bu haqda Germaniyaning "Die Welt" gazetasida e’lon qilingan maqolada so‘z boradi, deb xabar bermoqda TASS.

Nashrning qayd etishicha, 2017 yilda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida uni hashamatli kutib olishgan. O‘shanda Amerika yetakchisi va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud hatto an’anaviy qilich raqsini ham ijro etgan. Turar joy uchun Trampga saroyga o‘xshash alohida mehmonxona berilgan. Biroq ikki yildan so‘ng Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ar-Riyodga borganida, uni yanada dabdaba bilan kutib olishgan.

Shunday qilib, "Die Welt"ning eslatishicha, Rossiya rahbarining avtomobiliga o‘n oltita zotdor tulpordan iborat otliq eskort hamrohlik qilgan va Vladimir Putin qirollik oilasining shaxsiy mulki hisoblangan haqiqiy saroyga joylashtirilgan. Bundan farqli o‘laroq, nashrning ta’kidlashicha, 15 iyul kuni Saudiya Arabistoniga kelgan AQSHning amaldagi Prezidenti Bayden butunlay boshqacha tarzda qarshilandi.

“Amerika Prezidenti shu hafta Saudiya Arabistoniga safar qilganida unchalik hurmat qozonishi dargumon. U yerda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi, ya’ni Saudiya Arabistoni rahbariyatidan tashqari Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon va Birlashgan Arab Amirliklari; mehmonlar Misr, Iroq va Iordaniya bo‘lishi kerak”, deyiladi nashr maqolasida.

“Die Welt”ning ta’kidlashicha, Rossiyaning Yaqin Sharqdagi qudratining keskin o‘sishi protokol imo-ishoralarida ham aks etadi. Ko‘tarilish ko‘p yillar oldin boshlangan, ammo Ukraina inqirozi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, maqolada aytilishicha, AQSH Ukraina masalasida “global Rossiyaga qarshi front” yaratishga urinib, ittifoqdoshlari orasida birinchi kutilmagan omadsizlikka uchradi. Vashingtonning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari G‘arbning Kiyevga nisbatan siyosatini qo‘llab-quvvatlamadi, BAA esa betaraf qoldi va BMT Xavfsizlik kengashida Rossiyaga qarshi rezolyutsiya loyihasi uchun ovoz bermadi.

Bayden Saudiya Arabistoniga Isroilga tashrifi ortidan yetib keldi. U Isroildan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qilgan birinchi AQSH rahbari bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Bayden joriy yilning 13 iyul kuni Isroilga tashrif buyurdi va prezidentlikka kelganidan keyin birinchi Yaqin Sharq bo‘ylab safarini boshladi. Saudiyadan oldin u Isroil, Iordan daryosining G‘arbiy Sohiliga bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing