Vanihoyat! Pensiya olishda yana bir qog‘ozbozlikdan voz kechildi
Jamiyat
−
26 iyun 2022
34970Endi O‘zbekistonda fuqarolardan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash jarayonida oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab etilmaydi. Bu haqda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, jamg‘arma tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan talab etiladigan hujjatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi va Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu axborot almashinuvi orqali davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarning oila tarkibi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlari avtomatik tarzda shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, endilikda pensiya tayinlashda nikoh, ajrim va farzandlarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari va ularning nusxalari talab etilmaydi.
LiveBarchasi