“Valensiya”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image

"Milan" va "Napoli" klublarining sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Valensiya" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Valensiya” va murabbiy bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilgacha shartnoma tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, Gattuzoning so‘nggi klubi "Fiorentina" bo‘lgan va 2021 yilning iyun oyi o‘rtalarida rahbariyat bilan kelishmovchilik tufayli u jamoani tark etgandi. Gattuzo bungacha “Palermo”, “Son”, “Piza”, “Milan” va “Napoli” klublarida ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida, “Valensiya”ni hozirgi kunda Xose Bordalas bosh murabbiylik qilmoqda. Mutaxassis qo‘l ostida klub Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida 38 ta o‘yinda  maydonga tushib, 48 ochko jamg‘argan edi. Shu orqali “ko‘rshapalaklar” La Liganing 9-o‘rinni naqd qilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing