Vaksinatsiyaning birinchi kuni qancha odam emlandi? SSV hisob berdi
Jamiyat
−
02 aprel 2021
11088Kecha, 1 aprel vaksinatsiyaning ilk kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqida SSV matbuot xizmat xabar berdi.
Vaksinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi ko‘zda tutilgan.
1 aprel holatiga ko‘ra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.
Vaksinatsiya bo‘yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi.
LiveBarchasi