Vaksina olganlarga mehnat ta’tili beriladimi?
Jamiyat
−
03 aprel 2021 9702 1 daqiqa
Koronavirusga qarshi emlangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ta’tili beriladimi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi shtab a’zosi: Sevara Ubaydullayeva javob berdi.
“Emlash jarayoni bu kasallik degani emas. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ta’tili qonunchilikda belgilangan tartiblar asosida beriladi. Bu tartibda vaksina olganlar mehnatga layoqatsizlik ta’tili olishi mumkin degan bandi yo‘q”, deydi u.
Ubaydullayevaning ta’kidlashicha, agar emlangan shaxsda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ta’tili olishi mumkin bo‘lgan holat kuzatilsa, qonunchilikda belgilangani talab va tartiblar asosida uni rasmiylashtirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni 5018 nafar fuqaro koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan edi. Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 14 229 nafarga yetdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025