Vaksina olgan odam nima uchun “maska” taqishi kerak?

Salomatlik

image

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlanganlar uchun ham tibbiy niqob taqish majburiy hisoblanadi. Biroq jamoatchilik orasida bunga ehtiyoj borligi shubha ostiga olinmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova ushbu holatga izoh berdi. 

“Koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi dozasi olinganidan so‘ng, 3 hafta o‘tib paydo bo‘ladi. Shu davr ichida odam kasallikdan to‘liq himoyalanmagan bo‘ladi. Shu bois, har bir emlangan inson profilaktika choralarini ko‘rishi kerak”, deydi Dilorom Tursunova.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik xizmat vakili qanday holatda niqob taqishga hojat qolmasligiga aniqlik kiritdi.

“Bundan tashqari, mamlakatimiz hududida tibbiy niqob taqib yurish tartibi hozircha bekor qilingani yo‘q. Emlanganmi yoki yo‘qmi – tibbiy niqob barcha uchun majburiy. Agar inson yolg‘iz bo‘lsa, tevarak-atrofida katta radiusda boshqa bir muloqotchi bo‘lmasa, tabiiyki, yon-atrofda koronavirus yuqish va yuqtirish xavfi bo‘lmaydi. Bunday holatda o‘z-o‘zidan tibbiy niqob taqishga ehtiyoj qolmaydi”, deydi Tursunova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 20 avgust holatiga ko‘ra, 12,6 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan va qariyb 1,5 million kishi to‘liq emlangan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 4 ta:  “Sputnik V”, AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001 va Moderna vaksinlari ro‘yxatdan o‘tgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing