Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmaydimi? 

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

Vaksina qabul qilish insonning farzand ko‘rish qobiliyatiga umuman ta’sir o‘tkazmaydi. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari ma’lum qildi.

“Bugungi kunda koronavirusga qarshi emlangandan keyin homilador bo‘lgan ayollar bor va ularning ahvoli muntazam nazorat qilib borilmoqda. Eng muhimi — vaksina olgani ularning homilador bo‘lishiga hech qanday to‘sqinlik ko‘rsatmagan”, deyildi matbuot anjumanida.

Ta’kidlanishicha, dastlabki emlash bosqichlaridan buyon 7-8 oy vaqt o‘tgan va shu davr mobaynida biror ayolda nojo‘ya ta’sir kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 7 million 600 mingdan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan. Shunday qilib, 1 millon 200 mingdan ortiq odam to‘liq emlangan.

O‘zbekistonda 30 iyul holatiga ko‘ra, jami vaksina zaxirasi 12 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan: 

  • 370 ming dozasi “Sputnik V”, 
  • 710 ming dozasi AstraZeneca, 
  • 8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing