Vaksina homilador ayollar uchun xavflimi?
Jamiyat
−
19 avgust 2021
9886Koronavirusga qarshi emlanish bola tug‘ilishi uchun xavfli emas. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ginekologiya bo‘yicha mutaxassisi Leyla Adamyanning so‘zlariga tayanib, xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, dunyoda qariyb 150 ming ayol homiladorligidan bexabar holda koronavirusga qarshi emlangan. Ularning farzandlari haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, emlash bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Bundan tashqari, antitanachalar yo‘ldosh orqali bolaga o‘tib, uni koronavirusdan himoya qilgan.
“Dunyoda homiladorligini bilmagan va emlangan ayollar 147 ming bolani dunyoga keltirgan. Emlash homiladorlikka, homilaga ta’sir qilmasligi aniq”, deydi Adamyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, emlangan ayol hatto homiladorlik paytida koronavirus bilan kasallansa ham, uning tuzalishi qiyin bo‘lmaydi.
LiveBarchasi