Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini kimlar 100 foiz oladi?

Jamiyat

image

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi. Faqat hammaga ham emas. 

Ishlayotgan 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilari, baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlar, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlar, shuningdek, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlar mazkur nafaqani yuz foiz olishi mumkin.

Bundan tashqari, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga ham ishsizlik nafaqasi yuz foiz to‘lab beriladi.

Shuningdek, Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Фармонига asosan, koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

ishsizlik nafaqasi

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing