Va nihoyat O‘zbekistonda ham “Tax free” tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Tax free” tizimi va “Duty free” do‘konlari tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi. 

Yig‘ilishda yirik, zamonaviy savdo va ko‘ngilochar maskanlar ushbu shaharlarning “tashrif qog‘ozi”ga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Lekin, bugungi kunda Samarqand shahrida maydoni 10 ming kvadrat metrdan oshadigan atigi 4 ta zamonaviy gipermarket mavjud bo‘lsa, Namangan shahrida endi qurilmoqda.

Namanganda kelgusi yilda maydoni 200 ming kvadrat metr bo‘lgan 3 ta, Samarqandda 400 ming kvadrat metr bo‘lgan 7 ta yirik savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari faoliyatini tashkil etish topshirig‘i berildi.

Yana bir masala – Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarda “Tax free” tizimini joriy etish, shahar ichida “Duty free” do‘konlarini tashkil etish orqali chakana savdo hajmini 2-3 barobarga oshirish mumkin.

"Umuman, xorijiy mehmonlarga xaridlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tizimini barcha turistik shaharlarda yo‘lga qo‘yish lozim.

Ushbu 3 ta shahar misolida ko‘rsatib berilgan imkoniyatlar barcha viloyat markazlari va yirik shaharlar uchun tegishli", deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

631

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing