Kuyov qaynotasining qotiliga aylandi

Jamiyat

image

Oila, turmush, farzandlar saodati yo‘lidagi kishi, ayniqsa er kishi tinim bilmaydi, aslida. Kunduz mehnat qilsa, tunda reja yaratadi. Bu esa har kunining fayziyobligi asosi.

Uyda yotib zerikkan Mansur Ochilov (ism shariflari shartli o‘zgartirilgan) ko‘chaga chiqarkan, hammahalla og‘aynisi bilan gap ichkilikka borib qadaldi. Nafs jilovi qo‘ldan ketdi. Ichkilik bo‘ldi. Ro‘zg‘or uchun otasidan pul olib bozorga ketgan ayol erining turishidan achchiqlandi. Ammo gapirmadi, chunki uning fe’lini bilardi.
 
- O‘n ming so‘m orttirib keldingmi?! Yo‘q, orttirolmadim! Shugina gap. Bir inson umriga zomin bo‘lgan, musibatli kalom. Er-xotinning janjali mahallani tutdi. Kaltaklangan, xo‘rlangan ayol otasini chaqirtirdi. 

“Erkak bo‘lib bir ro‘zg‘orni eplamasa-yu qolmishiga xotin urarkanmi?!” Bu taxlit ta’na kuyovga yoqmadi. Boz ustiga u shirakayf, alamzada edi. “So‘z jangi” borib kaltakbozlikka o‘tdi. 

Kuyov kuchli. Qaynota ojiz. Keksa. Otasining yuz-ko‘zi, boshiga kurakcha bilan tushayotgan zarbalardan yuragi ortiga tortgan ayol erining qo‘liga yopishib, kurakchani tortib oldi. Ammo er hali hovridan tushmagandi. Oshxona tomon yugurib bolta bilan qaytib chiqdi. Holi qurigan, qo‘rqib ketgan qaynota qocha boshladi. Biroq atirgul tikoniga ilinib qoqildi. Vajot bilan yetib kelgan kuyov esa, voyaga yetmagan, chirqillab turgan farzandlari ko‘z oldida boltani qaynotaning boshiga soldi...

Ozodlikning qadri,  hayotning orqa tomoni –  temir panjara ortida. Buni ayni o‘sha kundan his eta boshlagan Mansur Ochilov  suddan yengillik so‘rab zorlandi...

Shiringina turmush, mehnat, halol va totli rizq ko‘z oldidan o‘taveradi. Shuni qilsam bo‘lardi. O‘shanda... o‘shanda qo‘limda kishan yo‘q edi...

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi raisi D.Kamilov raisligida jinoyat ishi har tomonlama o‘rganib chiqilib, ishda mavjud dalillar  qayta-qayta aniqlik kiritilgan holda  O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “v,j” bandlari bilan ayli deb topib 
57-moddasini qo‘llab, 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ko‘pincha, shunday qotilliklardan keyin boshqalar tomonidan tuppa-tuzuk oilaning farzandi edi degan gaplarni eshitamiz. Ha, atrofimizdagi deyarli barcha oilalar tuppa-tuzukka o‘xshab ko‘rinadi. Biroq, tuppa-tuzuk oilaning farzandi bunday mudhish qotillikka qo‘l urmaydi. Bunday biz tuppa-tuzuk deb o‘ylaydigan, oilada qandaydir “muruvat” ishlamaydi yoki noto‘g‘ri “burab” qo‘yilgan. Bu oilalarda erning xotinga, bolalarga munosabati qanday? Yana bir mushohada, bizda ko‘plab jamoatchilik tashkilotlari mavjud. Mahalla, Nuroniy, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi.... Ular shu kabi notinch oilalarning ichiga kirib borolmagan. Qolaversa, Mahalla tomonidan sudlanuvchiga beriladigan tavsifnomani hatto qasddan odam o‘ldirgan insonga ham ijobiy tavsifnoma berish holatlari hamon uchramoqda. Shu asoslarga ko‘rsa sud sudlanuvchi istiqomat qiluvchi Mahallaga nisbatan xususiy ajrim chiqardi va tuman hokimligiga yubordi.

Mana, qaynotasini o‘ldirgan kuyovga o‘qilgan hukm uni panjara ortiga ravona qildi. Biz istisno tarzda demoqchimiz: Boqimandalik, yalqovlik ayniqsa er kishi uchun uni ojiz etuvchi xavfdir. Bundanda kuchli xavf esa befrqligimizdir. Xulosa sizdan azizlar.

Akramjon Aripov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi
Sud amaliyotini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing