Vahshiy qotillik! Farg‘onada ikki maktab o‘quvchisi va yana ikki kishi odam o‘ldirdi
3-sahifa
−
18 fevral 2022 32773 2 daqiqa
Farg‘onada haydovchini qasddan o‘ldirgan ikki erkak hamda voyaga yetmagan ikki nafar maktab o‘quvchilari uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, B.M. va S.U. ismli shaxslar o‘tgan yilning 14 iyun kuni Marg‘ilon shahridagi qurilish materiallari bozoridan temir mahsulotlarini 13 million 460 ming so‘mga temir mahsulotlarini sotib olib, sotuvchiga 100 AQSH dollarini bergan. Qolgan pulni Quvasoyda yukni olib boradigan haydovchidan berib yuborishga kelishadi.
Shu sabab A.U. ismli shaxs “MOS 2125” (Moskvich kombi) rusumli avtomobiliga yuklarni ortib, shogirdi, voyaga yetmagan R.H. bilan yo‘lga chiqadi. Haydovchi Chek qishlog‘iga yetib borib, B.M.ga telefon qilganda yukni bolalar tushirib olishga yordam berishini aytadi. Voyaga yetmagan Q.A. va O.J. mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirib, qir-adirliklar tomon boshlab boradi. Bu orada B.M. va S.U. ham ularning ketidan manzilga yetib keladi.
Shundan so‘ng, ular haydovchini shogirdining ko‘z o‘ngida shafqatsizlarcha arqon bilan bo‘g‘ib, qarshilik qilgach, uni urib o‘ldirishadi. Shogird R.H.ni esa qo‘l-oyoqlarini bog‘lab yukxonaga, murdani esa o‘rindiqqa joylashadi. Mashinadagi temir mahsulotlarini uyga tushirib, jinoyat izlarini yo‘q qilishga harakat qilishadi.
B.M. avtomobilni Toshloq tumanidagi “Abdulhamid ota” fermer xo‘jaligi yer maydoni yoniga boshqarib borib, o‘sha yerda qoldiradi. Shu payt shogird R.H.ni nafas olayotganligini ko‘rib, qo‘llari bilan bo‘g‘ib, hushidan ketkazgan. Uni o‘lgan deb hisoblab, voqea joyidan ketgan. R.H. xushiga kelib, sodir etilgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organga xabar bergan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudi tomonidan mazkur ish ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi. Hukmga ko‘ra, B.M.ga 22 yil, S.U.ga 19 yil, Q.A. va O.J.ga 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Live
Barchasi