Vetnamga so‘nggi 20 yil ichidagi eng kuchli to‘fon yopirildi. Qurbonlar bor
Olam
−
28 Oktabr 2020
5147Bugun, 28 oktyabr kuni Vetnamga "Molave" to‘foni yopirildi. Bu haqda "Associated Press" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Molave" mamlakatga so‘nggi 20 yil ichida urilgan eng kuchli to‘fon bo‘lgan.
To‘fon urilishi ta’sirida ikkita baliq ovlash kemasi cho‘kib ketgan. Kemalarda umumiy hisobda 26 kishi bo‘lgan. Endi ular bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Bundan tashqari, yana ikki qurbon haqida ma’lumotlar mavjud. Ulardan birini daraxt ezib qo‘ygan. Ikkinchisi tomini mustahkamlamoqchi bo‘layotganida kuchli shamol tufayli vafot etgan.
Kamida 40 ming kishi qirg‘oq bo‘yidagi aholi punktlaridan quruqlikka ko‘chirilgan.
Ma’lumot uchun, "Molave" to‘foni Filippinga ham urilib, kamida to‘qqiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi