O‘zTest mashmashasi: Yetti uxlab tushga kirmaydigan oyliklar haqidagi gaplar haqiqatmi?
Jamiyat
−
07 aprel 2023
23414Ijtimoiy tarmoqlarda aqlga sig‘mas darajada yuqori maosh oladigan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" (O‘zTest) davlat muassasasi direktori va buxgalteri bilan bog‘liq holat bo‘yicha ishchi guruh tuzilgani ma’lum qilindi.
O‘zTest matbuot xizmatining xabar berishicha, 4 aprel kuni tashkilot direktori Jamshid G‘aniyevning joriy yilning yanvar va fevral oylaridagi daromadlari to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgan.
Muassasa direktori va buxgalterining maoshlari fonida ijtimoiy tarmoqlarda boshqa bir jadval nusxasi, yani tashkilotning yuqori maosh oladigan barcha xodimlari haqida ma’lumot tarqaldi.
Rasmda ikki oy davomida 30 milliondan tortib 468 million so‘mgacha oylik olgan xodimlarning ro‘yxatini ko‘rish mumkin.
QALAMPIR.UZ jurnalisti ikkinchi ro‘yxat yuzasidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi matbuot kotibi Abdurauf Rasulov bilan bog‘landi.
Rasulovning ta’kidlashicha, ishchi guruhi o‘z ishini davom ettiryapti. Shuningdek, tashkilotda direktor va buxgalterdan boshqalarning ham faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tez orada batafsil ma’lumot beriladi.
Holat bo‘yicha hozircha boshqa tashkilotlar tomonidan rasmiy munosabat yoki tushuntirish berilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi bosh buxgalteri yanvar-fevral oylarida umumiy 469 mln so‘m, tashkilot rahbari esa yilning dastlabki ikki oyida 136 mln so‘m oylik olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
LiveBarchasi