“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga noqonuniy ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi poyezdining vagon kuzatuvchisi hamda restorani xodimi o‘zaro kelishgan holda ikki fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun ulardan 6500 AQSH dollari olgan vaqtlarida DXX va Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, “uddaburon” xizmatchilar Toshkent shahrida yashovchi ushbu fuqarolarni “Toshkent – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi poyezdga vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Hozirda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning mazkur xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing