UZTELECOM’ning videokonferensaloqa xizmati yordamida masofadan turib masalalaringizni hal qiling
Biznes
−
21 mart 2021
6014Koronavirus pandemiyasi davrida Respublikada joriy yetilgan karantin choralari barchani masofadan turib ishlash va o‘qish rejimiga o‘tishga majbur qildi. Mehnat va o‘quv jarayonida qo‘l ostida qulay videokonferensaloqa platformasi bo‘lishi muhimdir.
Aholiga onlayn ish va o‘qishni tashkil etishga qaratilgan xarajatlarini optimallashtirish uchun UZTELECOM mahalliy UZ-IX va TAS-IX tarmoqlarida videokonferensiya platformasini yaratdi. Ushbu xizmat masofaviy ta’lim olish va ish jarayonida qulaylik yaratadi.
Ushbu xizmatlarning tariflari hamyonbop va xaridorlarga onlayn dars, onlayn ofis, onlayn konferensiyani osonlik bilan tashkil etish imkoniyatini beradi.
Har bir tarif reja uchun konferensiyaning davomiyligi cheklanmagan va 5 GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim yetiladi.Bunda:
Konferensiya tashkilotchisi videokonferensiyani boshqarish bo‘yicha barcha huquqlarga yega.
Ishtirokchilar teng huquqli ravishda muloqot qilish, ish stolini namoyish yetish va konferensiya tashkilotchisi tomonidan ruxsat yetilgan har qanday funksiyalardan foydalanishi mumkin.
Boshlovchining videosi barcha konferensiya ishtirokchilariga videooynalarda uzatiladi.
Fayllar va konferensiyani yozib olish uchun disk maydoni taqdim yetiladi.
Barcha tarif rejalarida konferensiyani yozib olish hajmi tarif rejasi bo‘yicha ruxsat yetilgan hajmdan oshib ketgan hollarda, konferensiya yozuvini 24 soat davomida yuklab olish mumkin bo‘ladi. 24 soat o‘tgach, yozuv o‘chiriladi.
Bitta klik orqali videouchrashuvlarni amalga oshiring. Foydali, xavfsiz va funksional!
UZTELECOM – milliy operator
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Texnik qo‘llab-quvvatlash
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi