UZTELECOM milliy operatori 30 kunlik Internet-paketlarga yoqimli yangilanishlarni kiritmoqda

Biznes

image

Barchamiz yozni yaxshi ko‘ramiz. Bu hayot yangi ritm va tezliklarni o‘z ichiga qamrab oladigan o‘zgacha vaqt. Ko‘proq aloqa, ko‘proq ko‘ngilxushlik, ko‘proq shodlik va bularning barchasini mobil Internetsiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu yozni yanada yorqinroq, esda qolarli va eng muhimi foydali qilish maqsadida UZTELECOM o‘z abonentlari uchun yoqimli yangilanishlarni tayyorladi!

2021 yil 1 iyundan boshlab UZTELECOM 30 kunlik Internet-paketlar qatoriga ulkan o‘zgarishlar kiritib, ularni yanada kattaroq, jozibaliroq va arzonroq qiladi!

Shunday qilib, o‘zgarishlarning asosiy xususiyati Internet-trafik hajmini hisoblashning yangi tizimiga o‘tishdir! Endi UZTELECOM megabayt emas, balki Gigabayt mobil Internetni yanada yoqimli va hamyonbob narxlar evaziga  taqdim etadi! Yangilangan Internet-to‘plamlar qatori endi trafik hajmi 1 GBdan 75 GBgacha bo‘lgan 9 000 dan 110 000 so‘mgacha bo‘lgan 11 ta variantni o‘z ichiga oladi. Bundan buyon har bir Internet-paketni sotib olish megabaytlar narxida gigabaytlar sotib olish evaziga yanada foydali va jozibador bo‘ladi.

30 kunlik Internet-paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy va yuridik abonentlar uchun mavjud. Internet-paketlar odatdagi usulda – USSD-buyruq, SMS-so‘rov yordamida, MyUZTELECOM mobil ilovasi va Abonentning shaxsiy kabineti orqali, shuningdek, Call-markaz yoki UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish punktlari operatorlari yordamida faollashtiriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar Internet-to‘plamlarni "Mobil byudjet" xizmati yoqilganda (*222# USSD-menyu orqali) faollashtirishi mumkin.

Muhim: Internet-paketning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, ushbu guruhning keyingi Internet-paketini faollashtirilmasa, qolib ketgan gigabaytlar saqlanmaydi.

UZTELECOM bilan muloqot qiling, o‘zingizning tarixingizni yarating va yozgi yoqimli xotiralar bilan o‘rtoqlashing.

UZTELECOM - milliy operator.

Yagona call-markaz: 1099

UZTELECOM – milliy operator

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Texnik qo‘llab-quvvatlash

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing