UZTELECOM’dan 5G innovatsion loyihalar uchun tarmoqdan foydalanish bo‘yicha kompleks yechim 

Biznes

image

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Huawei va Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)ning “aqlli” qishloq xo‘jaligi loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘tgan yili milliy operator jahon standartidagi telekommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining yangi bosqichiga aylangan 5G tarmog‘ining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishi va ishga tushirilishi haqida e’lon qilgan edi. Joriy yilda Huawei kompaniyasi va TIQXMMI o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik haqidagi Memorandum doirasida 5G texnologiyalari, jihozlar Interneti, aqlli uzatgichlar va katta xajmdagi ma’lumotlarni intellektual platforma asosida boshqarish, monitoring qilish va qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda aqlli qishloq xo‘jaligi loyihasini ishga tushirmoqda. Loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari va datchik ma’lumotlarini diversifikatsiya qilish hamda ularni keyingi tahlil qilish uchun saqlash kabi muhim jihatlar, masofaviy monitoring va boshqarish, shuningdek ma’lumotlarni intellektual qayta ishlashda UZTELECOM milliy operatori ushbu loyihadagi texnik yordam va 5G texnologiyalarini tadbiq etdi.

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasini tatbiq qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish darajasini oshirish, hosilning holatini nazorat qilish va boshqarishni soddalashtirish, ob-havo haroratini, tuproqning namligini, sug‘orish tizimlarining holatini tahlil qilish hisobiga tashqi muhitning hosilga ta’sir qilish ehtimoli darajalari haqida ogohlantirish, shuningdek real vaqt tartibida “aqlli” maydondan video-ma’lumot olish imkonini beradi.

Loyiha TIQXMMI mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari tomonidan "O‘zbektelekom" AK “O‘zMobayl” filialining mobil tarmog‘idan foydalangan holda, Huawei kompaniyasining ekspert va texnik ko‘magi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

UZTELECOM har doim O‘zbekiston aholisini qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatning eng chekka joylarida xalqqa yuqori sifatli uzluksiz aloqani taqdim etadi va ushbu loyiha talab qilinadigan mahalliy ishlab chiqarishlardan birining ravnaqi va rivojlanishi uchun Kompaniya tarmoqlarining texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.


 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 2019 yilda 5G baza stansiyalarining birinchi sinovlari paytida 1,9 Gbit/s gacha bo‘lgan ma’lumotlar uzatishning eng yuqori tezligi qayd etilgan edi.

UZTELECOM innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda va turli sohalarda raqamlashtirishni joriy etishda davom etmoqda va bu borada Respublikaning vazirliklari va idoralari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.
 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing