“O‘zstandart”ning sobiq xodimi tadbirkorlarni qariyb 33 million so‘mga chuv tushirdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida “O‘zstandart”ning sobiq xodimi ikki nafar fuqaroni 32,7 mln so‘mga chuv tushirdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

“O‘zstandart” agentligi respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining sobiq xodimi Yo.T. 2019 yilning may-oktyabr oylari oralig‘ida tanishlari Chirchiq shahridagi xususiy tadbirkor 32 yoshli S.R. va MCHJ menedjeri 25 yoshli D.K.ni aldab, ularning 32 700 000 so‘mini o‘zlashtirgan.

Yo.T. tanishlariga chet eldan O‘zbekiston ichki bozorida savdoga chiqarish uchun olib kelingan mahsulotlarga tegishli ruxsat beruvchi “Muvofiqlik-sertifikat”larini hamda “Sanitariya-epidemiologiya markazi”ning xulosalarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qisqa muddatlarda rasmiylashtirib berishini va’da qilgan. 

Sertifikatlarni uyida “Toshiba” rusumli noutbuk elektron xotirasida mavjud bo‘lgan Agentlikning sertifikat namunalarini “Paint” dasturi yordamida o‘zgartirish yo‘li bilan qalbakilashtirib, bu soxtalashtirilgan ruxsat blankalarini D.Q. va S.R. sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sodir etilgan holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yo.T., JKning 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hamda unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing