O‘zsanoatqurilishbankka korrupsiyaga murosasizlik sertifikati topshirildi

Biznes

_MA_9539

Joriy yilning 14 iyul kuni O‘zsanoatqurilishbankka korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi. Mazkur sertifikat bankning barcha ko‘rinishdagi korrupsiyaga murosasiz munosabatda ekanligini anglatadi, xususiylashtirish jarayonida investorlar va biznes hamkorlari ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizning 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning yangicha mexanizmi yaratildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilinib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil takomillashtirilmoqda. Xususan, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qator chora-tadbirlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bankning ichki va tashqi muhiti o‘rganildi, korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, bu borada ehtimoliy lavozimlar ro‘yxati belgilab olindi.

Kontragentlarni tekshirish, xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash siyosatiga muvofiqlik deklaratsiyasini taqdim etish, fuqarolarni ishga olish jarayonini videokuzatuv moslamalari orqali yozib, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan xodimlar ro‘yxati hamda manfaatlar to‘qnashuvi reyestrini yuritish kabi tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

“CERT Academy” xalqaro trening kompaniyasi bilan hamkorlikda bank xodimlarini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bilan tanishtirish maqsadida qator o‘quv kurslari tashkil etildi. Natijada bugungi kunda 80 nafarga yaqin top-menejer ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank birinchilardan bo‘lib korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standartini uch bo‘g‘inda (respublika, viloyat va tuman kesimida) joriy qilayotgan muassasa hisoblanadi.

Bankning ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi barcha ko‘rinishdagi korrupsiyaga murosasiz munosabatda ekanligini bildirib, bank faoliyatini barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Eslatma!

O‘zsanoatqurilishbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda bu borada jamoatchilik bilan samarali aloqani yo‘lga qo‘yish maqsadida “Komplayens ishonch liniyasi” ishga tushirilgan.

Ushbu aloqa liniyalari orqali murojaatlar 24/7 rejimida fuqarolar xohishiga ko‘ra shaxsini oshkor qilgan holda yoki anonim tarzda avtomatik ravishda qabul qilinmoqda.    

Bog‘lanish uchun telefon: 0-800-120-88-88;

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring;

Telegram bot: @SQB Anti Kor_bot.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing