O‘zsanoatqurilishbankda omonatlar muddatlari uzaytiriladi

Biznes

image

O‘zsanoatqurilishbank tizimida muddati aprel yoki may oyigacha bo‘lgan milliy valyutadagi aholi omonatlari muddatlari uzaytirilishi belgilandi.

Joriy yilning 9 aprel kuni Prezidentimiz boshchiligida koronavirus pandemiyasi sharoitida bank tizimining barqaror ishlashi hamda iqtisodiyotga ko‘makchi bo‘lishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda qator masalalar muhokama etilib, ko‘pchilik banklarning o‘z mijozlari uchun joriy qilayotgan imtiyozlari alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari banklar aholida ishonch va hurmat uyg‘otadigan yana ko‘plab tashabbuslar bilan chiqishi maqsadga muvofiqligini qayd etib, xususan, saqlash muddati tugagan omonatlar davriyligini uzaytirish va uni jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish taklifini o‘rtaga tashladi.

Ma’lumki, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu amaliyot joriy yilning 8 aprelidan boshlab ishga tushirilib, bu haqda muassasaning barcha ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan edi.

Tartibga ko‘ra, saqlanish davri aprel yoki may oyigacha bo‘lgan aholining milliy valyutadagi omonatlari muddati avtomatik ravishda uch oyga bir tomonlama uzatiriladi.

Bunda amaldagi stavkalar bo‘yicha foizlar hisoblanishi davom etib, kamaytirilmaydi.

Agar mijoz omonatining uzaygan davri tugaganidan so‘ng o‘z mablag‘ini yechib olishga qaror qilsa, hisoblangan ustama to‘lovlari bank tomonidan to‘liq hajmda to‘lanishi kafolatlanadi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing