O‘zMU va SamDU jahon reytingiga kiritiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini e’lon qilgan edik. 

Mazkur Farmonga muvofiq O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi. 
Bunga ko‘ra: 

Oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratiladi.

Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zMU SamDU jahon reytingi

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar