“O‘zmilliybank” AJ tomonidan Jizzax viloyatiga press tur tashkil etildi.
Biznes
−
19 mart 2020 4752 4 daqiqa
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, OAV vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va bank imijini oshirish maqsadida, joriy yilning 13 mart sanasida Jizzax viloyati bo‘ylab press – tur tashkil etildi
Press – turda ishtirok etgan OAV vakillari “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali faoliyati hamda bank tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Jumladan, OAV xodimlari dastlab, Jizzax viloyatining Arnasoy tumani, Oltin vodiy qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan, “Arnasoy Gold Tex” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur korxona tomonidan ip gazlama hamda momiq tekstil maxsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil kilish maksadida qiymati 81 mlrd. so‘m bo‘lgan loyiha taqdim etilgan. “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati tomonidan, korxonaga ajartilgan kredit mablag‘lari evaziga Xitoy davlatidan ip gazlama hamda momiq tekstil maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniluvchi uskunalar sotib olingan. “Arnasoy Gold Tex” MCHJ ning yillik quvvati 6 mln. 800 ming dona tekstil mahulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bugungi kunda korxonada 653 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyat filiali faoliyati bilan tanishdilar. Bugungi kunda mazkur filial tomonidan, viloyat markazida joylashgan zamonoviy, qulay va innovatsion texnologiyalarga ega, yangidan barpo etilgan binoda mijozlarga zamon talablariga ko‘ra tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatlib kelinmoqda. Filialda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida elektron navbat, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun universal amaliyotlar zali, universal kassa xizmatlari, valyuta ayirboshlash shaxobchasi, 24/7 tizimda ishlovchi bankomatlar va infokioskalar faoliyati yulga quyilgan.

Bugungi kunda filial mijozlari ko‘lami ortib bormoqda. Jumladan, 6,8 ming yuridik va 78,9 ming jismoniy shaxslar mazkur filial mijozi hisoblanadi.
Navbatdagi manzil, viloyatning Sh.Rashidov tumani, Uchtepa qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi “AAA COMPANY” mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘ldi. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mazkur korxona tomonidan umumiy qiymati 13 mlrd. so‘m bo‘lgan loyiha taqdim etilgan. “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyat filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga, bouling markazi va 3D kinoteatr qurilib, zarur jihozlar harid qilingan. 3D kinoteatr 2 ta zaldan iborat bo‘lib, har biri 50 ta tomoshabinni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunda mazkur aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarida 45 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.
Shundan so‘ng, ishtirokchilar Jizzax shahrida joylashgan “KARINA KAYU” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur korxona tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida, umumiy qiymati 4 mlrd. so‘m bo‘lgan loyiha taqdim etilgan. “O‘zilliybank” AJ Jizzax viloyat filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga, Latviya Respublikasida ishlab chiqarilgan “Somatom go/Up (32)” rusumli kompyuter tomografiyasi, uzluksiz elektr manbasi, tibbiyot termografik printer va termoplenka sotib olingan. Markazda ambulator va statsionar davolanish turlari mavjud. Tibbiyot markazida 85 nafar malakali shifokorlar faoliyat yuritadi. Mazkur markaz yiliga 41 ming nafar bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.

Ma’lumot o‘rnida:
“O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyat filiali tomonidan 2019 yilda, 27 ta mijozga AQSH dollari va Yevroda jumladan, Xitoy Davlat Taraqqiyot banki, Shveysariya banki Credit Suice, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) kabi xorijiy moliya institutlari mablag‘lari xisobidan kreditlar ajratilgan. Ushbu ajratilgan kreditlar asosan import o‘rnini bosuvchi va eksportbop maxsulotlar ishlab chiqarish xamda axoliga xizmat ko‘rsatish soxasi uchun asbob-uskunalar sotib olishga yo‘naltirilgan. Ta’kidlash kerakki, 2019 yilda ajratilgan kreditlar xisobidan jami 2 100 dan ziyod ish o‘rinlari yaratilgan.

Filialga tashrif buyurgan mijozlarning xorijiy valyutadagi kreditlarga bo‘lgan talabi kundan kun oshib bormoqda, buning natijasida xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar xisobiga, viloyatga turli xil maxsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun innovatsion texnologiya va asbob uskunalar kirib kelmoqda. “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali 2020 yilda, moliyaviy ko‘rsatkichlarini yanada natijador bo‘lishiga kredit portfelini oshirish orqali emas, balki mavjud aktivlardan samarali foydalanish, shuningdek xizmat sifatini yaxshilash yo‘li bilan erishishni asosiy maqsad deb belgilagan.
“O‘zmilliybank” AJ Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi