“O‘zmilliybank” AJ da “ochiq eshiklar" kuni
Biznes
−
07 fevral 2020
3435”Joriy yilning 4 fevralida “O‘zmilliybank" AJ bosh ofisida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida “Yoshlarga oid davlat siyoasati” ni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zmilliybank" AJ hamda Toshkent shaxar prokuraturasi xodimlari, Toshkent moliya instituti va Toshkent iqtisodiyot kolleji talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Dastlab ishtirokchilar uchun bank bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Jumladan, yoshlar “O‘zmilliybank" AJ Markaziy amaliyot filiali faoliyati, filialining vazifasi, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari bilan yaqindan tanishdilar.
Doim orginallikka intilgan “O‘zmilliybank" AJ ning yana bir qiziqarli va o‘ziga xos jihati shundaki, Bank o‘z faoliyatini boshlagan kezlaridanoq tashkilot qoshida san’at asarlari galereyasi tashkil etilgan. Ushbu maskanda bir necha asrlik tarixga ega 200 mingdan ortiq tangalar, 3 mingdan ortiq qo‘lyozma va suratlar saqlanadi. Tarixiy boyliklarni kelajak avlodga yetkazish Galereyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bebaho numizmatik eksponatlarining bir qismi Bankning Bosh ofisida saqlanadi. Ekskursiya davomida talaba yoshlar ekpozitsiyadan o‘rin olgan tangalar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Shundan so‘ng, konferensiyalar zalida “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida yoshlar e’tiboriga Bankning tarixi, erishib kelayotgan yutuqlari, ustuvor vazifalari, Respublikamiz iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida ma’lumot beruvchi taqdimot havola etildi. Darhaqiqat, mazkur tashkilot ko‘plab yuqori ko‘rsatgichlari bilan fahrlana oladi. Jumladan, “O‘zmilliybank” AJ bank aktivlarining hajmiga ko‘ra O‘zbekistonda birinchi o‘rinni, O‘rta Osiyoda esa, Qozog‘iston Xalq bankidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Shu bilan birga yoshlar, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan joriy etilishi rejalashtirilayotgan, NFC hamda QR to‘lovlar, elektron kommersiya, yangi imtiyozlarga ega xalqaro to‘lov kartalari turlari kabi yangi innovatsion loyihalar bilan tanishdilar. Mehnat samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, xodimlarni rag‘batlantirish, tizimini rivojlantirish maqsadida tadbiq etilishi kutilayotgan KPI va bonusli tizim haqida ham ma’lumot berib o‘tildi. Shu o‘rinda talaba yoshlarni, mamalkatimizning nufuzli tijorat banklaridan biri bo‘lgan “O‘zmilliybank” AJ da faoliyat yuritayotgan yoshlar soni qancha ekanligi qiziqtirdi. Ma’lumot berilganidek, joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra mazkur bank xodimlarining soni 5849 tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 35% yoshlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Uchrashuv qizg‘in bahs munozaralarga boy o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan, bankda transformatsiya jarayonining kechishi, “O‘zmilliybank” AJ da raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirilayotganligi, filiallar o‘rnida tashkil etilayotgan bank xizmatlari markazlarining vazifalari va afzalliklari haqidagi savollariga atroflicha javob oldilar. Tadbir so‘nggida esa talaba yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi