O‘zini o‘ldirgan IIB boshlig‘i namoyishchilarga o‘q uzishga qarshi chiqqan

Olam

image

O‘z joniga qasd qilgan Qozog‘istonning Jambil viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Janat Sulaymanov Qozog‘istonda namoyishlar avjiga chiqqanda ularga qarata o‘q uzmaslikka buyruq bergan. Bu haqda “Orda.kz” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvaridan 6 yanvarga o‘tar kechasi departamentga hujum bo‘lgan vaqtda  huquq-tartibot idoralari xodimlari binoni tark etishgan. Politsiyachilarning nashrga ma’lum qilishicha, ochiq to‘qnashuvlardagi otishma paytida tinch aholiga zarar yetkazish xavfi juda yuqori bo‘lgan.

"Uning buyrug‘ida hech qanday g‘arazli niyat yo‘q edi, u shunchaki tinch aholi orasida keraksiz qurbonlar bo‘lishini xohlamadi, agar biz o‘t ochganimizda bo‘lar edi. Hujumchilar oldindan tayyorgarlik ko‘rganini hech kim bilmas edi”, deydi Sulaymonovning qo‘l ostidagilari.

Hamkasblarining aytishicha, namoyishlar o‘zlari bilan kechkich yordamida qurol-yarog‘ saqlanadigan xonaning metall eshiklarini ochishgan. Shundan so‘ng, politsiya xodimlarining arsenali bosqinchilar qo‘liga o‘tgan. 

Sulaymonovga tartibsizlik qatnashchilariga qarata o‘t ochmaslik haqidagi buyrug‘i uchun tribunal tomonidan tahdid qilingan yoki yo‘qligini hech kim bilmaydi. Ammo uning hamkasblari u haqiqiy ofitserdek ish tutgani va sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini ta’kidlamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Janat Sulaymonovning hamkasblari u bilan joriy yilning 11 yanvar kuni Tarazda zayrlashgan. Uning jasadi Qozog‘iston poytaxtiga yetkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing