O‘zingniki o‘zagingni qirqar. Poroshenkoning ishini qaysi sudya ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Kiyevning Pecherskiy tuman sudi davlatga xiyonatda gumon qilinayotgan Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenkoni hibsga olish masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Bu “Ukraina-24” telekanali orqali namoyish etilgan

Ayni paytda sud binosida sobiq Prezidentning bir necha ming tarafdorlari bor. Poroshenkoning advokati Igor Golovan sud zalidan advokatlar tergov materiallari bilan tanishishlari uchun sud majlisda tanaffus e’lon qilganini ma’lum qilgan. 

“Qancha vaqt berilgani aytilmadi”, degan advokat. 

Ta’kidlanishicha, advokatlar ularni ko‘rib chiqish uchun bir necha soat berishni so‘ragan, ammo tanaffusning aniq vaqti noma’lum. 

Ma’lumot o‘rnida, Poroshenkoga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash ishi bo‘yicha yig‘ilishga raislik qilayotgan sudyani Poroshenkoning o‘zi 2017 yilda — davlat rahbari ekanligida farmon bilan tayinlagan. 

Avvalroq Poroshenko Kiyevning Pecherskiy tuman sudiga kelgan edi.

Sud binosida o‘z tarafdorlari oldida nut qilgan Poroshenko Ukraina demokratik kuchlarini birlashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi va o‘z muxoliflari bilan sud orqali kurashayotgan amaldagi hukumatni aybladi. Shuningdek, u ushbu sud majlisini “sotqinlar uyushtirgani”ni aytdi.

Poroshenko bugun, 17 yanvar kuni Ukrainaga qaytdi. 

Sobiq Prezident 2014-2015 yillarda Donbassdan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi hisoblanadi. Unga Ukraina Jinoyat kodeksining “Terrorizmni moliyalashtirish”,  “Davlatga xiyonat” va “Terrorchi tashkilot tuzish” moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Poroshenkoni mol-mulkini musodara qilish yoki musodara qilmasdan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi kutmoqda. 2021 yil dekabr oyida tergovchilar unga chaqiruv qog‘ozini bermoqchi bo‘lgan, biroq sobiq Prezident ularga e’tibor bermay, o‘sha kuniyoq Turkiyaga uchib ketgan. Poroshenkoning partiyasi sobiq Prezident “oldindan rejalashtirilgan diplomatik safari bilan Turkiya va Polshaga jo‘nab ketganini” xabar qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing