O‘zingniki o‘zagingni qirqar. To‘qayev Nazarboyevni huquqlardan mahrum qildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart-To‘qayev mamlakat birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni Xavfsizlik kengashi va Qozog‘iston Xalqi assambleyasiga umrbod raislik qilishini bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar bermoqda. 

Qonun bilan “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi”, “Qozog‘iston Xalqi assambleyasi to‘g‘risida”gi va “Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik Kengashi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilgan. Unda Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik Kengashi va Qozog‘iston Xalq assambleyasiga umrbod raislik qilishini bekor qiluvchi tuzatishlar kiritilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston parlamenti deputatlari taklifi bilan davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat tashabbuslarini Elboshi bilan muvofiqlashtirish zarurligini bekor qilindi. 

Shu bilan birga, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti muhim masalalarni muhokama qilishda parlament va hukumat oldida so‘zlash huquqini saqlab qoldi.

Nazarboyevga tekkan nazar

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabr oyida siyosiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi raisi vakolatlarini topshirishga qaror qilgan edi. U partiyani mamlakat Prezidenti boshqarishi kerakligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev  2019 yil mart oyida lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan va Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirgan.

Joriy yilning yanvar oyi boshida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklar ortidan Nazarboyev Prezident lavozimidan ketganidan keyin o‘zida saqlab qolgan lavozimlarni birin ketin topshirdi. Bularning orasida Xavfsizlik Kengashi raisi, Xalq Assambleyasi raisi lavozimlari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing